Yangiliklar

HUMO Arena’da O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi translyatsiyasi bilan UZCARD FOOTBALL FEST bo‘lib o‘tadi

23-iyun kuni
Foto: UZCARD

23-iyun kuni HUMO Arena’da UZCARD FOOTBALL FEST — milliy sport tarixidagi eng kutilgan uchrashuvlardan biri, ya’ni FIFA World Cup 2026™ doirasidagi O‘zbekiston — Portugaliya o‘yiniga bag‘ishlangan xayriya futbol oqshomi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yo‘llanma olishi mamlakatimiz o‘n yillar davomida kutgan tarixiy voqea bo‘ldi. Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘yin ushbu tarixiy yo‘lni jahon futbol maydonida davom ettiradi. Mazkur musobaqada milliy terma jamoa ilk bor O‘zbekiston sharafini bunday yirik miqyosdagi turnirda himoya qiladi.

UZCARD FOOTBALL FEST — bu minglab muxlislar bilan birgalikda afsonaviy uchrashuv ruhini his etish imkoniyati. HUMO Arena katta ekranida o‘yin translyatsiyasi namoyish etiladi. Zaldagi jonli hayajon, o‘yin shiddati va odatiy sport tadbiri doirasidan ancha yuqori bo‘lgan tarixiy lahza kayfiyati tomoshabinlarga unutilmas taassurot bag‘ishlaydi.

Kechki dastur doirasida yulduzlar va mashhur san’atkorlarning chiqishlari, fan-zonalar, interaktiv tadbirlar hamda fud-kort tashkil etiladi. Tadbir 8 000 nafardan ortiq tomoshabinlarni birlashtirishi kutilmoqda.

Ushbu oqshomda milliy terma jamoamizni butun mamlakat qo‘llab-quvvatlaydi – stadionda, ekranlar qarshisida va HUMO Arena’da. Minglab muxlislar bitta o‘yin va bitta jamoa uchun bir joyda jam bo‘ladi.

Chiptalar savdosidan tushgan barcha mablag‘lar VAQF jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

UZCARD FOOTBALL FEST chiptalari iTicket platformasida sotuvga chiqarilgan. Muxlislar uchun UZCARD50 promo-kodi amal qiladi. Ushbu promo-kod chipta xarid qilishda 50 foiz chegirma taqdim etadi. Chiptalar narxi 200 000 so‘mdan 350 000 so‘mgacha.

UZCARD FOOTBALL FEST tashkilotchilari — UZCARD to‘lov tizimi va HUMO Arena.

Tadbirning bosh homiysi — Lay’s.

Bosh hamkor — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA).

Texnik hamkor — HUMO Arena.

Xayriya tashabbusining asosiy hamkori — VAQF jamg‘armasi.

Tadbir homiysi — EVOS.

Loyiha hamkori — Korzinka.

Loyiha, shuningdek, O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Rasmiy translyator — ZO‘R TV.

Rasmiy chipta operatori — iTicket.

Axborot hamkorlari — Kursiv Uzbekistan, Pressa.uz va Repost.uz.

Chiptalar iTicket platformasida mavjud. Narxi — 200 000 so‘mdan 350 000 so‘mgacha.