
«Mulk-Sarmoya BU» AJ oddiy aksiyalari bo‘yicha savdolar 2026-yil 18-iyundan boshlab vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Toshkent» respublika fond birjasi xabar berdi.
Bunga jamiyat aksiyalarini 1:1 koeffitsiyentda kapitallashtirish jarayoni sabab bo‘lgan.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Yagona dasturiy-texnik majmuada tegishli operatsiyalarni amalga oshirish zarurligi haqida bildirishnoma yuborgan.
Shu asosda korporativ harakatlarni to‘g‘ri bajarish va aksiyadorlar huquqlarini himoyalash maqsadida «Mulk-Sarmoya BU» AJ aksiyalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Wells Fargo banki 2026-yil oxiri uchun S&P 500 indeksi bo‘yicha prognozini oshirgandi. Bank endi indeks yil yakunida 7950 punktga yetishini kutmoqda. Avvalgi prognoz 7300 punkt edi.
Wells Fargo strategi Osan Kvonning fikricha, yoz oylarida investorlar «butun bozor rallisi»ni ko‘rishi mumkin. Unga ko‘ra, o‘sish faqat sun’iy intellekt bilan bog‘liq kompaniyalar bilan cheklanib qolmaydi. Hozirgacha AIdan kamroq foyda ko‘rgan sektorlar ham o‘sishi mumkin.