Yangiliklar

O‘qishga kiritishni va’da qilgan xorazmlik hokim yordamchisi ushlandi

Toshkent gumanitar fanlar universitetiga
O‘qishga kiritishni va’da qilgan xorazmlik hokim yordamchisi ushlandi / Foto: Facebook

Xorazm viloyatida fuqaroni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan hokim yordamchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Hazorasp tumani «Ziyolilar» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi fuqaroni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, buning evaziga 1,4 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berishga dalolat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlangan edi.