Yangiliklar

O‘zbekiston – Germaniya hamkorligi: qaysi sohalarda o‘sish kuzatilmoqda

2026-yilning yanvar – aprel oylarida
O‘zbekiston–Germaniya hamkorligi: qaysi sohalarda o‘sish kuzatilmoqda
Foto: railway.uz

2026-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi $411,6 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan $20,2 mlnga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Tashqi savdo tarkibi

Savdo balansida import hajmi ustunlik qilmoqda:

  • eksport – $52,4 mln;
  • import – $359,2 mln.

Iqtisodiy aloqalarning muhim yo‘nalishlaridan biri — investitsiyalar oqimi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida 240 ta korxona faoliyat yuritmoqda (2026-yil 1-may holatiga).

2026-yil yanvar – mart oylarida Germaniyadan O‘zbekistonga jalb qilingan asosiy kapitalga investitsiya va kreditlar hajmi $205,3 mlnni tashkil etgan.

Turizm almashinuvi faollashmoqda

Ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik oqimi ham ortib bormoqda:

  • Germaniyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar – 10 989 nafar;
  • O‘zbekistondan Germaniyaga borganlar – 2 981 nafar.

Ta’lim va ilmiy hamkorlik

Ta’lim yo‘nalishida ham almashinuv jarayonlari davom etmoqda:

  • Germaniyadan O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelganlar – 42 nafar;
  • O‘zbekistondan Germaniyaga tahsil olish uchun ketganlar – 190 nafar.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev va Shtaynmayer Volkswagen avtomobillarini yig‘ish loyihasiga start bergani haqida yozgandi.