Sport

O‘zbekistonning mundialdagi ilk o‘yini: Toshkentdagi muxlislar jamoani qanday qo‘llab-quvvatladi

Kursiv Uzbekistan fotomuxbiri poytaxtdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘ldi
Foto: Kursiv Uzbekistan / Diyor Parpiyev

18-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi debyut uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi. Kursiv Uzbekistan fotomuxbiri poytaxtdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib, terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ilgan muxlislar muhitini tasvirga oldi.

«Bunyodkor» stadionidan tashqari, Toshkentning barcha tumanlarida ham muxlislar uchun fan-zonalar tashkil etildi. Erta tong bo‘lishiga qaramay, stadionga O‘zbekiston futbolchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab ishqibozlar tashrif buyurdi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvida «Oq bo‘rilar» 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2_5303043609824631420.mp4
Video: Kursiv Uzbekistan / Diyor Parpiyev

Muxlislar uchrashuv davomida terma jamoani tinimsiz qo‘llab-quvvatlab, stadionda ko‘tarinki kayfiyat yaratdi.

60-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.

Foto: Kursiv Uzbekistan / Diyor Parpiyev

Kolumbiya 41-daqiqada hisobni ochdi. Luis Diasning uzatmasidan so‘ng Daniel Munos jarima maydonchasiga yorib kirib, O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi raqibi Portugaliya bo‘ladi. Uchrashuv 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi. O‘zbekiston ilk turda Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Portugaliya Kongo bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning ilk o‘yini mag‘lubiyat bilan yakunlangani haqida yozgandi.