
22-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 27,11 so‘mga tushib, 12 058,45 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
15-iyun kuni 32,67 so‘mga tushib, 11 981,81 so‘m bo‘ldi. 16-iyun kuni 1,98 so‘mga tushib, 11 978 so‘mni, 17-iyun kuni 32,29 so‘mga oshib, 12 012,12 so‘mni, 18-iyun kuni esa 39,93 so‘mga oshib, 12 052,05 so‘mni tashkil etdi. 19-iyun kuni 33,51 so‘mga oshib, 12 085,56 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 51,62 so‘mga tushib, 13 818,98 so‘mni, rubl esa 0,48 so‘mga tushib, 164,04 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.