Lifestyle

Javohir Sindorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Musobaqaning 9-turida O‘zbekiston jamoasi turnir favoritlaridan biri hisoblangan WR Chess jamoasiga qarshi dona surdi
Javohir Sindorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
Foto: Instagram / Sindarov

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Jahon jamoaviy rapid chempionatida dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi.

Musobaqaning 9-turida O‘zbekiston jamoasi turnir favoritlaridan biri hisoblangan WR Chess jamoasiga qarshi dona surdi. Bahs yakunida jamoalar 3:3 hisobida durang qayd etdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/3922800982241174530.mp4
Video: Instagram

O‘zbekiston vakillari ushbu uchrashuvda kuchli raqiblarga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Javohir Sindorovning Karlsen ustidan qozongan g‘alabasi turning eng e’tiborli natijalaridan biri bo‘ldi. Boshqa doskalarda ham o‘zbekistonlik shaxmatchilar muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yaqubboyev amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanani mag‘lub etdi. Akjol Rahmatullayev esa Gombojav Zandanshatar ustidan g‘alaba qozondi.

Muhiddin Madaminov va Afruza Hamdamova tajribali raqiblari bilan durang o‘ynadi. Jamoa yetakchisi Nodirbek Abdusattorov esa bu safar Uesli Soga imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Javohir Sindorov Ruminiyadagi nufuzli turnirda bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.