
Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk ishtirokiga bag‘ishlab chiqarilgan esdalik tangalari cheklangan miqdorda banklar orqali sotilmoqda.
Umumiy tiraj 31,1 grammli 500 dona oltin va 3 ming dona kumush tangadan iborat bo‘lib, ular Toshkent shahridagi ayrim tijorat banklarining filiallarida taqsimlangan.
Toshkentdagi banklarda mavjud zaxira (19-iyun holatiga ko‘ra):
- Agrobank Toshkent shahar filiali — 15 ta oltin, 24 ta kumush;
- Ipak yo‘li bank Amaliyot boshqarmasi — 10 ta oltin, 30 ta kumush;
- Garantbank Amaliyot boshqarmasi — 10 ta oltin, 20 ta kumush;
- Infinbank Mirobod BXM — 10 ta oltin, 20 ta kumush;
- Kapitalbank Amaliyot boshqarmasi — 45 ta oltin, 45 ta kumush;
- Trastbank Amaliyot boshqarmasi — 80 ta oltin, 200 ta kumush;
- Apexbank Markaziy sotuv ofisi — 10 ta oltin, 10 ta kumush;
- Orient Finans bank Amaliyot boshqarmasi — 10 ta oltin, 10 ta kumush;
- Hamkorbank Toshkent mintaqaviy BXO — oltin mavjud emas, 50 ta kumush.
Narxlar (qayta sotib olish narxi qavs ichida):
- Oltin tanga — 53,6 mln so‘m (50 mln so‘m);
- Kumush tanga — 1,6 mln so‘m (800 ming so‘m).
Tangalar soni banklarga qarab farq qiladi va tez sotilib ketishi mumkinligi sababli, mavjudlik holati doimiy o‘zgarib boradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank futbolga bag‘ishlangan esdalik tangalari tirajini oshirgani haqida yozgandi.