
Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TMIIF – 2026) doirasida O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida yangi iqtisodiy hamkorlik instituti qo‘shma ishbilarmonlar kengashi rasman tashkil etildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
18-iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Iroq delegatsiyalari ishtirok etdi. Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni oshirish hamda biznes hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika va qurilish sohalarini hamkorlik uchun ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgiladi. Shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iroq Iqtisodiy kengashi o‘rtasida memorandum imzolandi va shu asosda O‘zbekiston – Iroq ishbilarmonlar kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasmiy faoliyatini boshlagani haqida yozgandi.