Yangiliklar

O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 7,1 foizga oshgan
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
Foto: Statistika qo’mitasi

2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga oshgan.

Talabalarning tarkibida 782,9 ming nafari ayollar, 752,1 ming nafari esa erkaklar bo‘lib, natijalar oliy ta’limda ayollar ulushi yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda talabalar soni barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etib kelmoqda: 2021/2022-o‘quv yilida 808,4 ming nafar bo‘lgan talabalar soni keyingi yillarda izchil oshib, 2022/2023-yilda 1 042,1 ming nafarga, 2023/2024-yilda 1 314,5 ming nafarga, 2024/2025-yilda 1 432,8 ming nafarga yetgan va 2025/2026-o‘quv yilida 1 535,0 ming nafarni tashkil qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dunyoda talabalar soni 25 yilda 2,5 barobar oshgani haqida yozgandi.