
2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul jarayonlari boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
20-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz platformasi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali qabul qilish boshlandi.
Joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha qabul jarayonlari mikrohudud doirasida amalga oshiriladi.
Elektron qabul bo‘yicha savollar yuzaga kelsa, Call-markazning 71-203-07-04 yoki 71-203-04-03 raqamlariga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi tashkil etilgan Soliq oliy maktabiga qabul joriy yildan boshlanishi xabar qilingandi. Yangi ta’lim muassasasi soliq tizimi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi bazaviy markaz sifatida faoliyat yuritadi.