Sport

AQSh Avstraliyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma oldi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionati «D» guruhi 2-turi doirasida AQSh terma jamoasi Avstraliyani ishonchli tarzda mag‘lub etib, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video_2026-06-20_01-40-47.mp4

O‘yinning 11-daqiqasida avstraliyalik Kameron Berdjess o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yishi natijasida hisob ochildi. Birinchi bo‘lim so‘nggida, aniqrog‘i 43-daqiqada Aleks Frimen AQShning ikkinchi goliga mualliflik qilib, oradagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar faol harakat qilganiga qaramay, hisob o‘zgarmadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video_2026-06-20_01-40-48.mp4

Uchrashuv davomida hakam bir nechta futbolchini ogohlantirdi. Xususan, Avstraliya safidan Jordan Bos va Alessandro Chirkati, AQSh jamoasidan esa Entoni Robinson sariq kartochka oldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng AQSh jamoasi jami 6 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 26-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan uchinchi tur doirasida AQSh terma jamoasi Turkiya bilan, Avstraliya esa Paragvay bilan kuch sinashishi belgilangan.

Avvalroq Kursiv nashri Kanada Qatarni yirik hisobda mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.