Sport

JCh – 2026: Marokash tezkor gol evaziga Shotlandiyani mag‘lub etdi

Uchrashuv taqdirini 2-daqiqada kiritilgan yagona gol hal qildi va jamoani pley-offga yaqinlashtirdi
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida «C» guruhi vakillari Shotlandiya va Marokash terma jamoalari to‘qnash keldi. Uchrashuvda Afrika vakillari 0:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: FIFA.com

O‘yinning 2-daqiqasida Brahim Diasning aniq uzatmasidan so‘ng Ismoil Saybari darvozani ishg‘ol qildi. Qolgan daqiqalarda Shotlandiya hisobni tenglashtirishga intilgan bo‘lsa-da, Marokash himoyasi ishonchli harakat qildi.

Foto: FIFA.com

Ushbu g‘alabadan so‘ng Marokash pley-off yo‘llanmasi uchun qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Shotlandiya hisobida hozircha 3 ochko mavjud, ular dastlabki turda Gaitini 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. 3-turda Shotlandiya Braziliyaga, Marokash esa Gaitiga qarshi maydonga tushadi.

Ekran tasviri / FIFA.com

Avvalroq Kursiv nashri AQSh Avstraliyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma olgani haqida xabar bergan edi.