Sport

JCh — 2026: Niderlandiya Shvetsiyani tor-mor etib, guruh peshqadamiga aylandi

Brobbey va Gakponing dubllari «lolalar yurti» vakillariga muhim hamda yirik g‘alabani taqdim etdi
Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining «F» guruhi 2-turida Niderlandiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv kutilmaganda «lolalar yurti» vakillarining to‘liq ustunligida o‘tib, ularning 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Foto: FIFA.com

O‘yin niderlandlar uchun o‘ta shiddatli tarzda boshlandi. Hujumchi Brayan Brobbey 5-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Denzel Dumfrisning aniq uzatmasidan so‘ng dublni rasmiylashtirdi. Jamoalar tanaffusga aynan shu hisobda yo‘l olishdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/ned1.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/ned2.mp4

Ikkinchi taymda Kodi Gakpo ham jamoadoshi Brobbeydan qolishmadi. U 47 va 54-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ushbu gollarga mos ravishda Denzel Dumfris hamda Krisensio Samervil assistentlik qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/ned3.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/ned4.mp4

Shvetsiya faqatgina 59-daqiqada Entoni Elanganing goli bilan javob qaytara oldi. Uning goliga Aleksandr Isak assistentlik qildi. 90-daqiqada esa Krisensio Samervilning o‘zi gol urib hisobni yanada yiriklashtirib qo‘ydi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/swe1.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-20-23-20-04_encoded.mp4

Ma’lumot o‘rnida, ushbu g‘alaba Niderlandiyani «F» guruhida yaqqol peshqadamga aylantirdi. Dastlabki turda Tunisni 5:1 hisobida mag‘lub etib, pley-off uchun qulay imkoniyat yaratgan Shvetsiya esa ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z holatini qiyinlashtirib qo‘ydi.

Foto: FIFA.com

Guruhning 3-tur doirasida shvedlar Yaponiyaga qarshi maydonga tushsa, Niderlandiya Tunis bilan kuch sinashadi.

Avvalroq Kursiv nashri Marokash tezkor gol evaziga Shotlandiyani mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.