
Toshkentda yo‘l harakati cheklanishi sababli 103 va 125-sonli avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi. Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi yozishicha, cheklovlar 19-iyundan 22-iyun soat 06:00 gacha amal qiladi.
Bu vaqtda Kichik halqa yo‘lining Bunyodkor ko‘chasidan Dilxush ko‘chasigacha bo‘lgan qismida hamda Do‘mbirobod – Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasida harakat cheklanadi.

Shu sababli Do‘mbirobod ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 103 va 125-sonli avtobuslar vaqtincha Kichik halqa yo‘li va Bunyodkor shohko‘chasi orqali qatnaydi.
Cheklovlar vaqtida ko‘chalarda tirbandlik ortishi mumkin. Shu bois avtobuslar harakatiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi ehtimoli bor. Avtobuslarning qatnov vaqti hamda oraliq vaqti odatdagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1-sentabrdan avtobusga chiqqanda yo‘lkirani darhol to‘lash majburiy bo‘ladi. Hukumatning 2026-yil 3-iyundagi qaroriga muvofiq, shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar tasdiqlandi.