Yangiliklar

Yangi Chevrolet Captiva EV ishlab chiqarilishi boshlandi, Paragvay Turkiya ustidan g‘alaba qozondi — 20-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar

Kursiv Uzbekistan dayjesti

Yangi Chevrolet Captiva EV ishlab chiqarilishi boshlandi, Paragvay Turkiya ustidan g‘alaba qozondi — 20-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Yangi Chevrolet Captiva EV ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangi Chevrolet Captiva EV ishlab chiqarilishi boshlandi
Foto: GM Authority

General Motors Braziliyada yangi Chevrolet Captiva EV elektromobilini ishlab chiqarishni boshladi. Avtomobil Comexport Planta Automotiva do Ceará zavodida yig‘ilmoqda. Ushbu korxona Chevrolet elektromobillarini litsenziya asosida mahalliy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

GM ma’lumotiga ko‘ra, Captiva EV Braziliyada ishlab chiqarilayotgan ikkinchi to‘liq elektr Chevrolet modeli bo‘ldi. Avvalroq ushbu zavodda Chevrolet Spark EUV ishlab chiqarilishi boshlangan edi.

JCh – 2026: Paragvay Turkiya ustidan g‘alaba qozondi

JCh-2026: Paragvay Turkiya ustidan g‘alaba qozondi
Foto: Alex Livesey/FIFA/Getty Images

Turkiya — Paragvay uchrashuvi JCh – 2026 doirasida San Francisco Bay Area Stadium’da bo‘lib o‘tdi. O‘yinda Paragvay 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 2-daqiqada Matias Galarza tomonidan kiritildi.

Birinchi bo‘lim Paragvay uchun juda faol boshlandi. Galarza tezkor gol urgan bo‘lsa, keyinroq 4-daqiqada uning o‘zi sariq kartochka oldi. 37-daqiqada Karlos González ogohlantirildi, bo‘lim oxirida esa Miguel Almirón 45+3-daqiqada qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.

Namanganda 80 ming dollar qalbaki valyuta sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Namanganda 80 ming dollar qalbaki valyuta sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Ekran tasviri

Ma’lum qilinishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi ikki fuqaro va To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi yana bir shaxs jami $100 ming qalbaki valyutani haqiqiy $40 mingga sotishni rejalashtirgan.

Tezkor tadbir davomida ular $80 ming qalbaki pulni haqiqiy $40 mingga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tergovga qadar tekshiruvda soxta valyutalar xorijda tayyorlangani va aylanma yo‘llar orqali olib kelingani aniqlangan.

Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
Foto: Depositphotos

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida dam olish kunlari ham ayrim banklarning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Quyidagi shoxobchalarda mijozlar xorijiy valyutani ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq amaliyotlarni amalga oshirishlari mumkin:

Ro‘yxat

Toshkentda ikki avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

Poytaxtning «Food City» yo‘nalishidagi avtobuslar harakati o‘zgartirildi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Toshkentda yo‘l harakati cheklanishi sababli 103 va 125-sonli avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi. Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi yozishicha, cheklovlar 19-iyundan 22-iyun soat 06:00 gacha amal qiladi.

Bu vaqtda Kichik halqa yo‘lining Bunyodkor ko‘chasidan Dilxush ko‘chasigacha bo‘lgan qismida hamda Do‘mbirobod – Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasida harakat cheklanadi.

1-sinfga qabul boshlandi: savollar bo‘yicha qayerga murojaat qilish mumkin

Maktab
1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi / Foto: Xalq ta’limi

2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul jarayonlari boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

20-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz platformasi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali qabul qilish boshlandi.

Toshkent investitsiya forumida 43,1 mlrd dollarlik 166 ta shartnomalar imzolandi

Toshkent investitsiya forumida 43,1 mlrd dollarlik 166 ta shartnomalar imzolandi
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati $43,1 mlrd bo‘lgan 166 ta investitsiya shartnomasi imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Forum tashkilotchilariga ko‘ra, bu natija O‘zbekistonga bo‘lgan xalqaro qiziqish amaliy investitsiya loyihalari va uzoq muddatli hamkorlikka aylanayotganini ko‘rsatadi.

Polshaning APS Energia kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochadi

Polshaning APS Energia kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochadi
Foto: Parkiet

Polshaning APS Energia kompaniyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi Polsha OAVlariga tayanib xabar berdi.

Loyiha doirasida ishlab chiqarish-ofis majmuasi quriladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Kavkaz mamlakatlari bozorlariga xizmat ko‘rsatadigan mintaqaviy elektrotexnika xabi tashkil etiladi.

2027 Chevrolet Equinox’da Cacti Green rangi bo‘lmaydi

2027 Chevrolet Equinox’da Cacti Green rangi bo‘lmaydi
Foto: GM Authority

2027-yilgi Chevrolet Equinox modeli ayrim kichik o‘zgarishlar bilan taqdim etiladi. Ulardan biri avtomobil ranglar palitrasi bilan bog‘liq, deya xabar berdi GM Authority.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet 2027 Equinox uchun Cacti Green rangini taklif qilmaydi. Ushbu yashil tusli rang 2025-yilda to‘rtinchi avlod Equinox bilan birga taqdim etilgan edi.