
21-iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi «O‘zgidromet».
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Ayrim joylarda uning tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Havo harorati kunduzi 31–36 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa harorat 41–44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Poytaxtda havo harorati 32–34 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatiladi. Shuningdek, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.
Tog‘li hududlarda shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dam olish kunlari harorat 42 darajagacha yetishi haqida yozgan edi.