Yangiliklar

Auksionga qo‘yilgan universitet binosi, eng ko‘p shikoyat tushgan 10 ta bank — 22-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar

O‘zbekistonda liftlar xavfsizligini baholash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
Auksionga qo‘yilgan universitet binosi, eng ko‘p shikoyat tushgan 10 ta bank — 22-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Kontent tayyorlash markazi

Auksionga qo‘yilgan universitet binosi, eng ko‘p shikoyat tushgan 10 ta bank — 22-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Surxondaryoda sel xalqaro yo‘ldagi ko‘prikka zarar yetkazdi — video

Surxondaryoda sel xalqaro yo‘ldagi ko‘prikka zarar yetkazdi
Foto: «O‘zgidromet»

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida kuchli yog‘ingarchiliklardan so‘ng yuzaga kelgan sel oqimi Obizarang daryosi ustidagi ko‘prikka jiddiy zarar yetkazdi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Natijada M-41 xalqaro avtomobil magistralining ushbu qismida transport harakati vaqtincha cheklangan.

Bloger Gonzo festivaldagi mojaro ortidan hibsga olindi

Toshkentda bloger Gonzo festivaldagi mojaro ortidan hibsga olindi
Foto: Instagram / Gonzo G

Toshkentda bloger Gonzo nomi bilan tanilgan Geydar Aliyev festival vaqtida yuz bergan mojaro ortidan 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan izoh berib, bloger tomonidan tarqatilayotgan ma’lumotlar ish tafsilotlari va unga qo‘yilgan moddalar bo‘yicha haqiqatga mos kelmasligini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 13-iyun kuni ommaviy festival vaqtida sodir bo‘lgan. IIVga ko‘ra, Bloger Gonzo tadbir ishtirokchilari orasida agressiv va provokatsion tarzda videosyomka olib borgan. Dam olayotgan fuqarolardan biri undan tasvirga olishni to‘xtatishni so‘ragan, biroq bloger bu talabni e’tiborsiz qoldirgan.

Metrodagi Uklon aksiyasi ruxsatsiz deb topildi, bannerlar olib tashlandi

Metrodagi Uklon aksiyasi ruxsatsiz deb topildi, bannerlar olib tashlandi
Foto: Toshkent metropoliteni

Toshkent metropolitenida taksi xizmati Uklon va ko‘cha rassomi Inkuzart ishtirokida o‘tkazilgan reklama aksiyasi kutilmagan yakun topdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatiga uch yil to‘lishi munosabati bilan metroda joylashtirilgan reklama bannerlariga qo‘shimcha yozuv va tasvirlar tushirilgan, biroq bu tashabbus metropoliten ma’muriyati bilan oldindan kelishilmagani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent metrosi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yini munosabati bilan ish vaqtini uzaytiradi

Toshkent metropoliteni O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi navbatdagi muhim uchrashuvi munosabati bilan metro poyezdlari harakati vaqtini qo‘shimcha bir soatga uzaytirishini ma’lum qildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

23-iyun kuni soat 22:00 da bo‘lib o‘tadigan uchrashuv sabab poytaxt bo‘ylab futbol muxlislari oqimi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va jamoat transportining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida metropoliten odatdagi jadvaldan kechroq faoliyat yuritadi.

Nizomiy nomidagi TDPUning Chilonzordagi binosi auskionga qo‘yildi

Nizomiy nomidagi TDPUning Chilonzordagi binosi auskionga qo‘yildi
Foto: depositphotos.com

Yangi Toshkent shahriga davlat idoralarining ko‘chirilishi doirasida Toshkentdagi bir nechta ma’muriy va o‘quv binolari ochiq savdoga chiqarildi. Bu haqda E-auksion platformasida xabar berildi.

O‘zbekistonga yana bir Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yetib keldi

O‘zbekistonga yana bir Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yetib keldi
Foto: «Temiryo‘lkargo»

O‘zbekiston temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari doirasida Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan navbatdagi Hyundai Rotem tezyurar yo‘lovchi poyezdi mamlakatga olib kelindi. Poyezdni yetkazib berish jarayoni «Temiryo‘lkargo» AJ tomonidan tashkil etildi.

Yirik hajmli temiryo‘l texnikasini xavfsiz va samarali tashish uchun Janubiy Koreya, Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekistonni qamrab olgan maxsus multimodal logistika yo‘nalishi ishlab chiqildi. Tashuv davomida dengiz, avtomobil va temiryo‘l transporti imkoniyatlari bir tizimga birlashtirildi.

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rahbari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rahbari bilan uchrashdi
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram kanalida ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti uchrashuv davomida Saida Mirziyoyevaning tashrifini ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim deb baholadi. Toqayevning aytishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston siyosiy tizimlarida prezident administratsiyalari muhim o‘rin tutadi. Shu sababli u ikki tuzilma o‘rtasidagi faol ishchi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

AQSh va Eron vakillari Shveysariyada yadro kelishuvi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

AQSh va Eron vakillari Shveysariyada yadro kelishuvi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Foto: Getty Images

AQSh va Eron muzokarachilari Shveysariyada yadro kelishuvi bo‘yicha yangi jarayonni boshlash maqsadida uzoq davom etgan uchrashuvlar o‘tkazdi. Axios xabariga ko‘ra, tomonlar yakshanba oqshomigacha davom etgan muzokaralarda 60 kunlik diplomatik tashabbusni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilgan.

Muzokaralar Shveysariyadagi Lyutsern ko‘li yaqinida o‘tkazilgan sammit doirasida bo‘lib o‘tdi. AQSh delegatsiyasiga vitse-prezident Jey Di Vens boshchilik qilgan. Unda Oq uy vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ham qatnashgan. Uchrashuvlarda Eron, shuningdek, vositachi sifatida Qatar va Pokiston vakillari ishtirok etgan.

O‘zbekistonda liftlar xavfsizligini baholash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

O‘zbekistonda liftlar xavfsizligini baholash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda liftlar va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi nizom «Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglamentda belgilangan liftlar hamda lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash tartib-taomillarini belgilaydi. Nizomga ko‘ra, Milliy muvofiqlik belgisidan foydalanish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talab va shartlar bajarilgan taqdirda, ushbu belgini qo‘llashga ruxsat etiladi.