Avto

Chevrolet Tracker avtomobilida 60 ming kilometrdan keyin qanday kamchiliklar kuzatiladi

Chevrolet Tracker 60 ming kilometrdan keyin: qanday kamchiliklar kuzatiladi
Foto: Car and driver / You Tube / Fototahrir: Samijon Juraqulov

Car and Driver nashri 2024-yilgi Chevrolet Tracker krossoverini 40 ming mil, ya’ni qariyb 64 ming kilometr davomida uzoq muddatli sinovdan o‘tkazdi. Moddiy egalar foydalanadigan sharoitlarda haydalgan.

Sinov davomida avtomobil bir nechta kuchli va zaif tomonlarini namoyon qildi. Umumiy xulosa shuki, Chevrolet Tracker arzon narxli krossover bo‘lishiga qaramay, kundalik hayot uchun qulay, chiroyli va amaliy avtomobil sifatida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan.

Maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Dizayn va kundalik taassurotlar

Foto: Car and driver / You Tube / Fototahrir: Samijon Juraqulov

Chevrolet Tracker arzon avtomobil sifatida qabul qilinsa-da, bu uning sifatsiz yoki yoqimsiz ekanini anglatmaydi. Aksincha, sinovchilar 40 ming mil davomida Tracker qayerda xarajatni keskin tejaganini topishga uringandek bo‘lganini ta’kidlaydi. Avtomobil tashqi ko‘rinishi ijobiy baholangan. Ayniqsa Cacti Green rangidagi kuzov krossoverga zamonaviy va o‘ziga xos ko‘rinish bergan.

Sinov davomida Tracker kutilganidan ko‘proq e’tibor tortgan. Hatto Kostko avtoturargohida bir kishi avtomobilga qoyil qolib, bosh barmog‘ini ko‘targani eslab o‘tiladi. Bu narx toifasidagi avtomobil uchun bunday tashqi taassurot muhim ustunlik hisoblanadi.

Yurish sifati va boshqaruv

Foto: Car and driver / You Tube / Fototahrir: Samijon Juraqulov

Tracker orqa tomonda oddiy torsion balkali osma tizimga ega. Shunga qaramay, avtomobil yo‘lda o‘zini barqaror tutadi. Sinovchilar uning yurish sifatini, ayniqsa narxini inobatga olganda, ijobiy baholagan. Rul boshqaruvi yengil, biroq yetarlicha muvozanatli. Haydovchi rul ortida avtomobilni ishonchli boshqarayotganini his qiladi. Model sportcha haydash uchun yaratilmagan, lekin shahar va magistral yo‘llarda kundalik foydalanish uchun yetarli darajada qulay va tushunarli boshqaruv taklif qiladi.

Salon va amaliy foydalanish

Foto: Car and driver / You Tube / Fototahrir: Samijon Juraqulov

Modelning saloni sodda, ammo qulay tuzilgan. Ko‘rsatkichlar oson o‘qiladi, boshqaruv elementlari mantiqan joylashtirilgan. Materiallarda tejamkorlik seziladi, lekin umumiy ergonomika yaxshi. Muhimi, avtomobilda hali ham jismoniy tugmalar saqlab qolingan. Ayrim funksiyalar sensorli ekran orqali boshqarilsa-da, u boshqa ko‘plab zamonaviy avtomobillar kabi to‘liq ekranga qaram qilib qo‘ymaydi.

Rul ortidagi yashirin audio boshqaruv tugmalari ham alohida maqtalgan. Ular ovoz balandligini qo‘lni ruldan uzmasdan boshqarish imkonini beradi. Bu kichik detal bo‘lsa-da, kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi. Salon kengligi ham yaxshi baholangan. Baland bo‘yli haydovchilar hatto lyuk o‘rnatilgan avtomobilda ham o‘ziga qulay joy topa olgan.

Orqa o‘rindiqlar yetarlicha keng, yukxona esa ushbu toifadagi avtomobil uchun saxiy hajmga ega. Umuman olganda, model yo‘lovchi va yuk tashish vazifalarini ortiqcha murakkabliksiz bajara oladigan amaliy krossover sifatida taassurot qoldirgan.

Dvigatel va dinamika

Modelning asosiy zaif tomoni dvigatel bilan bog‘liq. Avtomobil 137 ot kuchiga ega turbinali uch silindrli motor bilan jihozlangan. Shahar sharoitida bu dvigatel o‘z vazifasini uddalaydi, ammo magistral yo‘llarda tezlik oshgani sari quvvat yetishmasligi seziladi. Sinov natijalariga ko‘ra, Tracker 0 dan 60 milya/soatgacha 8,8 soniyada tezlashgan.

Chorak milyani esa 16,7 soniyada, taxminan 82 milya/soat tezlikda bosib o‘tgan. Bu ko‘rsatkichlar avtomobilni obyektiv jihatdan sekinlar qatoriga kiritadi. Magistralda quvib o‘tish uchun oldindan tayyorgarlik talab etiladi.

Haydovchi tezlanish uchun ko‘proq masofa va vaqt kerakligini hisobga olishi lozim. Ayniqsa AQShning Midwest hududlaridagi yuqori tezlikli magistrallarda Model dvigatelini tez-tez zo‘riqtirishga to‘g‘ri kelgan.

Kamchiliklar

Foto: Car and driver / You Tube/ Fototahrir: Samijon Juraqulov

Sinovchilar Tracker’da bir nechta noqulay jihatlarni ham qayd etgan. Avtomobilning burilish radiusi 38 fut bo‘lib, bu shahar ichida manevr qilishda biroz kattadek tuyulishi mumkin. Olti dinamikli audio tizim podkastlar uchun yetarli, ammo musiqa tinglashda kuchli taassurot qoldirmaydi.

Hatto bir payt sinovchilar dinamiklarni almashtirish haqida o‘ylagan. Eshik panellari va tirsak qo‘yadigan joylardagi qattiq plastiklar ham tanqid qilingan. Ular juda qattiq va yumshoqlik hissini bermaydi. Infotainment tizimi esa ba’zan sekin ishlagan. Sensorli ekran ayrim vaqtlarda buyruqlarga kechikib javob bergan, buning aniq sababi topilmagan. Sinovchilar buni tizimga ko‘proq hisoblash quvvati yetishmasligi bilan izohlagan.

Qishda o‘zini qanday ko‘rsatdi

Foto: Car and driver / You Tube/ Fototahrir: Samijon Juraqulov

Model faqat old g‘ildirakdan tortuvchi avtomobil. Shu sababli u qishda to‘liq uzatmali krossoverlarga nisbatan zaifroqdek ko‘rinishi mumkin. Biroq sinovchilar unga Bridgestone Winter Track Pro qishki shinalarini o‘rnatgan va natija juda yaxshi bo‘lgan. Tahririyat xodimlaridan biri avtomobilni Kanadaning qorli hududlariga olib borgan va u qor hamda muzda o‘zini xotirjam tutganini ta’kidlagan.

Bu yerda asosiy cheklov tortish kuchi emas, balki yo‘l oralig‘i va sog‘lom ehtiyotkorlik bo‘lgan. Juda chuqur qor uyumlari baribir muammo tug‘dirishi mumkin, ammo oddiy qishki qatnovlarda model yaxshi qishki shinalar bilan ishonchli harakatlangan.

Foto: Car and driver / You Tube / Fototahrir: Samijon Juraqulov

Qishda Tracker’dagi masofadan ishga tushirish, isitiladigan o‘rindiqlar va isitiladigan rul kabi funksiyalar ayniqsa qadrlangan. Bunday narx toifasida bu qulayliklarning mavjudligi avtomobilning qiymatini oshiradi.

Narx va komplektatsiya

Car and Driver 2024-yilgi Tracker’ni o‘zining «10Best» ro‘yxatiga kiritgan asosiy sabablardan biri uning narx va imkoniyatlar o‘rtasidagi muvozanati bo‘lgan. Modelning bazaviy LS talqini bilan yuqori Activ komplektatsiyasi o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i $3,5 ming atrofida. Nashr buni avtomobil bozorida juda yaxshi taklif deb baholagan.

Foto: Car and driver / You Tube / Fototahrir: Samijon Juraqulov

Sinov uchun 2RS emas, aynan Activ komplektatsiyasi tanlangan. Bunga g‘ildirak va shinalar sabab bo‘lgan. Activ talqinida 18 dyuymli disklar va 55-profilli shinalar qo‘llanadi, 2RS versiyasida esa 19 dyuymli disklar va 45-profilli shinalar mavjud. Kattaroq disklar tashqi ko‘rinish jihatidan chiroyliroq ko‘rinsa-da, balandroq shina profili kundalik foydalanishda yumshoqroq yurishni ta’minlaydi. Tracker kabi amaliy krossover uchun aynan shu yondashuv ma’qulroq deb topilgan.

Taxminan $25 minglik Activ komplektatsiyasida isitiladigan rul, 11 dyuymli sensorli ekran, simsiz Apple CarPlay va Android Auto kabi funksiyalar bor. Qo‘shimcha paketlar orqali panoramali lyuk, simsiz quvvatlash, adaptiv kruiz-kontrol va ko‘r zonani kuzatish tizimi qo‘shilgan. Natijada sinovdagi avtomobil narxi $26,5 mingga yetgan. Nashr bu narxni imkoniyatlar fonida juda maqbul deb baholagan.

Izoh uchun, nashr sinovida foydalanilgan model AQSh bozorida mavjud bo‘lib, ayni paytda O‘zbekistonda sotilmaydi. Mahalliy bozordagi modellar bilan tanishish uchun uzavtosavdo.uz saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Jadval:

ModelChegirmali narxiOdatiy narxi
TRK LS PLUS215 951 360 so‘m220 951 360 so‘m
TRK LTZ PLUS229 108 480 so‘m244 108 480 so‘m
TRK PREMIER PLUS252 656 160 so‘m272 656 160 so‘m
TRK REDLINE260 474 080 so‘m282 474 080 so‘m

O‘zbekistonda Chevrolet Tracker quyidagi komplektatsiyalarda taklif etilmoqda. Eng arzon versiya TRK LS PLUS bo‘lib, chegirmali narxi 215,9 mln so‘mdan boshlanadi. Ushbu komplektatsiyaning odatiy narxi 220,9 mln so‘mni tashkil qiladi.

Avvalroq Cobalt avtomobilida 100 ming kilometrdan keyin ko‘p uchraydigan muammolar haqida yozgan edi.