Gadjetlar

Honor X80 Pro Max smartfoni rasman taqdim etildi — narx

Narxi $295 dan boshlanadi
Honor X80 Pro Max smartfoni rasman taqdim etildi / Foto: Honor

Honor X80 Pro Max katta sig‘imli akkumulyatori, mustahkam korpusi va uzoq ishlash vaqti bilan ajralib turadigan yangi smartfon sifatida taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Akkumulyator

Honor X80 Pro Max Xitoy bozorida sotuvga chiqarildi. Qurilmaning asosiy xususiyati 11 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 90 vatt quvvatli simli tezkor quvvatlash va 27 vattli teskari simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, smartfon to‘g‘ridan to‘g‘ri efir rejimidagi avtonomlik sinovi bo‘yicha 26 soat 8 daqiqa 34 soniya natija qayd etib, Ginnes rekordini o‘rnatgan.

Foto: Honor

Protsessor va displey

Qurilma Snapdragon 6 Gen 5 protsessori asosida ishlaydi va Android 16 operatsion tizimiga asoslangan MagicOS 10.0 qobig‘i bilan taqdim etilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Honor Hummingbird 2.0 arxitekturasi tizimning olti yil davomida barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Smartfon 6,8 dyuymli 1,5K aniqlikdagi (1280 × 2788 piksel) displey bilan jihozlangan. Ekran 120 Gs yangilanish chastotasi va 10 000 nitdan yuqori maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran ramkalari qalinligi 1,3 millimetrni tashkil etadi. Asosiy kamera 50 megapikselli sensor bilan jihozlangan.

Foto: Honor
Foto: Honor

Korpus va qo‘shimcha imkoniyatlar

Honor X80 Pro Max 3 metrgacha bo‘lgan balandlikdan tushishga bardosh beradi, SGS Gold Label sertifikatiga ega va IP69K standarti bo‘yicha chang hamda suvdan himoyalangan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, qurilma 10 metr chuqurlikkacha suv ostida ishlashi mumkin.

Shuningdek, smartfon NFC moduli, infraqizil port va stereo karnaylar bilan jihozlangan. Uning qalinligi 8,08 millimetr, vazni esa 203 grammni tashkil etadi.

Foto: Honor

Narxi

Smartfonning 8/128 GB xotirali versiyasi $295, 8/256 GB talqini $325, 8/512 GB varianti $370, 12/512 GB modeli esa $415 etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Watch 6 120 dan ortiq sport rejimi va 35 kunga yetadigan batareya bilan taqdim etilgan edi.