
Yangi Toshkent shahriga davlat idoralarining ko‘chirilishi doirasida Toshkentdagi bir nechta ma’muriy va o‘quv binolari ochiq savdoga chiqarildi. Bu haqda E-auksion platformasida xabar berildi.
Sotuvga qo‘yilgan obyektlar quyidagilar:
— Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ma’muriy binosi — 180 mlrd so‘m;
— Texnik jihatdan tartibga solish agentligining ma’muriy binosi — 279,8 mlrd so‘m;
— Bektemir tumani hokimligining ma’muriy binosi — 40,1 mlrd so‘m;
— «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining ma’muriy binosi — 70,1 mlrd so‘m;
— Shayxontohur tumani hokimligining ma’muriy binosi — 101,6 mlrd so‘m;
— Agro sanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining ma’muriy binosi — 73,4 mlrd so‘m;
— Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chilonzor tumanidagi asosiy o‘quv binosi — 886,6 mlrd so‘m. Shuningdek, boshqa hududlardagi fakultet binolari ham alohida lotlar bilan sotuvga qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, obyektlar sotilgandan so‘ng 3 yil ichida yoki Yangi Toshkentdagi yangi ma’muriy binolar foydalanishga topshirilgandan keyin oldinroq bo‘shatib berilishi nazarda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan eski shahardagi davlat mulki 68 mlrd so‘mdan auksionga qo‘yilgani haqida yozgandi.