Yangiliklar

O‘zbekistonning eng yoshi ulug‘ urush faxriysi olamdan o‘tdi

Ro‘ziboy Sattorov
O‘zbekistonning eng yoshi ulug‘ urush faxriysi olamdan o‘tdi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari orasida O‘zbekistondagi eng keksa faxriy sifatida tanilgan Ro‘ziboy Sattorov 116 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ro‘ziboy ota urush yillarida Stalingrad frontida xizmat qilgan va jangovar harakatlarda ishtirok etgan. U frontga 1941-yilda yo‘l olib, urush yakunlangach ona yurtiga qaytgan. Keyingi hayotini mehnat va bunyodkorlikka bag‘ishlab, bir necha avlod uchun ibrat bo‘lib yashadi.

So‘nggi yillarda ham davlat va jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan faxriy Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muntazam ravishda e’zozlab kelingan. O‘tgan yili uning ko‘p yillik orzusi — samolyotda parvoz qilish istagi ham ro‘yobga chiqarilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov 89 yoshida vafot etgani haqida yozgandi.