
SpaceX kompaniyasi Vandenberg Space Force Base bazasida Falcon 9 raketalarini bir start maydonchasidan uchirishlar orasidagi eng qisqa vaqt bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bir xil maydonchadan amalga oshirilgan ikki uchirish orasida 55 soat 48 daqiqa 21 soniya vaqt o‘tgan.
Uchirishlar SLC-4E start majmuasidan amalga oshirilgan. Ushbu kompleks odatda qutbiy va Quyosh-sinxron orbitalarga mo‘ljallangan missiyalar uchun ishlatiladi. Navbatdagi parvoz vaqtida Falcon 9 raketasi orbitaga yana 24 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini olib chiqdi.
Bu natija SpaceX start infratuzilmasidan qayta foydalanish jarayonini tezlashtirayotganini ko‘rsatadi. Kompaniya uchirishlar orasidagi tanaffusni qisqartirish, maydonchalarni tezroq tayyorlash va umumiy parvozlar sonini oshirishga intilmoqda.
Start maydonchasini qisqa vaqt ichida qayta tayyorlash kosmik parvozlar jadvalini zichlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa Starlink kabi yirik sun’iy yo‘ldosh loyihalarida bunday tezkorlik muhim ahamiyatga ega, chunki kompaniya muntazam ravishda orbitaga yangi apparatlarni chiqarib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri SpaceX $20 mlrdlik obligatsiya joylashtirishga tayyorlanyotgani haqida yozgan edi.