
TikTok platformasida yangi ochilgan akkauntlarga tavsiya etiladigan videolarning qariyb 60 foizi sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan kontentdan iborat. Bu haqda Kawping nashri tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida ma’lum qilindi.
Tadqiqotchilar TikTok’dagi 20 ta eng ommabop yo‘nalish bo‘yicha jami 10 mingta videoni tahlil qilgan. Natijalarga ko‘ra, yangi foydalanuvchilar uchun shakllantiriladigan «Siz uchun» lentasidagi videolarning 59 foizi sifati past, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent sifatida baholangan.

Tahlil davomida bolalar uchun mo‘ljallangan videolar eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Ushbu toifadagi roliklarning 57 foizi sun’iy intellekt yordamida yaratilgani aniqlangan. Keyingi o‘rinlarda Fan va ta’lim (35 foiz) hamda Salomatlik (33,8 foiz) mavzulari qayd etilgan.
Aksincha, Musiqa, Fitnes va Moda bo‘limlarida bunday videolar ulushi eng kam bo‘lib, har birida 2 foizdan ham past natija kuzatilgan.
Tadqiqot mualliflari AI slop atamasi bilan sun’iy intellekt tomonidan avtomatik yaratilgan, sifatsiz tasvirlar va sun’iy yozilgan ssenariylarga ega videolarni nazarda tutgan. Shu bilan birga, bu rasmiy ilmiy ta’rif emasligi sababli platformadagi SI-kontent ulushi amalda biroz farq qilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqni cheklanayotgani haqida yozgandi.