
Samarqand viloyatining Urgut tumanida $27,4 minglik giyohvandlik vositasi savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.
DXX hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uch nafar fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Urgut tumanida yashovchi 1990, 1998 va 2008-yillarda tug‘ilgan mahalliy fuqarolar 2 kg 80 gramm gashish moddasini shartli xaridorga $27,4 mingga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxslardan biri avval ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Andijonda qariyb 2,5 kg gashish musodara qilingani haqida yozgan edi.