
24-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat +24…+42°C, kechasi esa +15…+28°C atrofida bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi bor.
Quyida ob-havo ma‘lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +34…+36°C | +23…+25°C | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +32…+37°C | +17…+22°C | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +33…+38°C | +22…+27°C | Kutilmaydi |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari | +33…+38°C | +20…+25°C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +37…+42°C | +23…+28°C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +33…+38°C | +20…+25°C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | +24…+29°C | +15…+20°C | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqini xavfi bor |