Sport

Bishkekda O‘zbekiston – Portugaliya o‘yini uchun fan-zona tashkil etiladi

Turdakun Usubaliyev maydonida
Bishkekda O‘zbekiston–Portugaliya o‘yini uchun fan-zona tashkil etiladi
Foto: Altinay Adjikeyeva

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 23-iyun kuni futbol muxlislari uchun O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh – 2026 guruh bosqichi uchrashuvini tomosha qilishga mo‘ljallangan maxsus fan-zona tashkil etiladi. Bu haqda Kaktus media xabar berdi.

Unga ko‘ra, fan-zona Turdakun Usubaliyev maydonida tashkil etiladi. Bu yerda shahar aholisi va mehmonlari o‘yinni katta ekranda jamoaviy tarzda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbir doirasida soat 21:20 dan boshlab mahalliy estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi. Soat 22:00 dan esa o‘yinoldi tahlillari va sharhlar bilan jonli efir boshlanadi.

Shahar markazida cheklovlar bo‘ladi

Fan-zona tashkil etilishi munosabati bilan Bishkek markazidagi bir qator ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Meriya aholi va mehmonlardan yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirishni so‘radi.

O‘zbekiston – Portugaliya o‘yini

BandMa’lumot
MusobaqaJCh – 2026 guruh bosqichi, 2-tur
Sana23-iyun
Boshlanish vaqti22:00 (Toshkent vaqti)
StadionNRG Stadium, Hyuston (AQSh)
O‘zbekistonning oldingi o‘yiniKolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lubiyat
Portugaliyaning oldingi o‘yiniKongo DR bilan 1:1 durang
O‘zbekistonning keyingi o‘yini29-iyun kuni Kongo DRga qarshi

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasining JChdagi guruh bosqichi uchrashuvlarini Toshkentning turli hududlarida tashkil etiladigan maxsus fan-zonalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishi mumkinligi haqida yozgandi.