Sport

Fransiya Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi, Mbappe Kloze rekordini takrorladi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionati «I» guruhining 2-turida Fransiya terma jamoasi Iroq vakillarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv qahramoniga aylangan Kilian Mbappe dubl qayd etib, Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri Miroslav Kloze rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: FIFA.com

Uchrashuv fransuzlarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. O‘yinning ilk daqiqalaridanoq hujumkor harakat qilgan Yevropa vakillari 14-daqiqadayoq hisobni ochdi. Maykl Olise uzatmasidan so‘ng, jamoa yetakchisi Kilian Mbappe o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video_2026-06-23_05-39-01.mp4

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik Fransiya tomonida bo‘ldi. 54-daqiqada Mbappe bu safar Usmon Dembelening uzatmasini golga aylantirib, dublni nishonladi. Ushbu gol «Real» hujumchisi uchun Jahon chempionatlaridagi 16-gol bo‘ldi va u bu borada Miroslav Klozening tarixiy rekordini takrorladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/replay-2026-06-23-04-09-39.mp4

Oradan ko‘p o‘tmay, 66-daqiqada Dembele o‘zi ham darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi, unga bu safar yana Olise assistentlik qildi. Iroq terma jamoasi o‘yin davomida xavfli vaziyatlar yarata olmadi. Ushbu yirik g‘alaba orqali Fransiya keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib qo‘ydi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/replay-2026-06-23-04-21-50.mp4

Ma’lumot uchun, «I» guruhining hal qiluvchi 3-turida Fransiya Norvegiyaga qarshi maydonga tushsa, Iroq terma jamoasi Senegal bilan kuch sinashadi.


Avvalroq Kursiv nashri Messining dubli Argentinaga g‘alaba keltirgani haqida xabar bergan edi.