Mashhurlar

Lola Karimova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini ma’lum qildi

Uning yozishicha, bu qaror erkinlik va o‘zini rivojlantirish sari yo‘naltirilgan
Lola Karimova turmush o‘rtog‘idan nega ajrashganini ma’lum qildi
Foto: Lola Tillayeva Instagram sahifasi

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola KarimovaTillayeva turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Temur Tillayev bilan rasman ajrashganini ma’lum qildi. Bu haqda u Instagram sahifasida xabar berdi.

Karimova o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida «o‘zimni tanladim» mazmunidagi izoh qoldirib, ajralish qarorini shaxsiy hayotida yangi bosqich sifatida qabul qilayotganini bildirgan. Uning yozishicha, bu qaror erkinlik va o‘zini rivojlantirish sari yo‘naltirilgan.

Lola Karimova-Tillayeva va Temur Tillayev 2002-yilda tashkil etilgan «Sen yolg‘iz emassan» xayriya jamg‘armasi orqali yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarga yordam ko‘rsatish loyihalarida hamkorlik qilgan.

Shuningdek, ular uzoq yillar davomida Toshkentdagi «Abu Saxiy» ulgurji savdo bozori bilan bog‘liq biznes faoliyatda ham tilga olingan. Er-xotinning uch nafar farzandi bor.

So‘nggi yillarda oilaviy munosabatlar va shaxsiy hayotga oid turli ijtimoiy tarmoq postlari ham jamoatchilik e’tiborini tortib kelmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri Maryam Tillayevaning O‘zbekiston xalqi haqidagi so‘zlari tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgani haqida yozgandi.