Sport

Messining dubli Argentinaga g‘alaba keltirdi, Leo tarixiy rekordni yangiladi

Foto: FIFA.com

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi 2-turida Argentina terma jamoasi Avstriyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylangan jamoa sardori Lionel Messi rekord o‘rnatdi.

O‘yinning ilk daqiqalaridanoq tashabbusni o‘z qo‘liga olgan Argentina terma jamoasi 9-daqiqadayoq hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq Lionel Messi belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/ssstwitter.com_1782151536977.mp4

Shunga qaramay, janubiy amerikaliklar hujumkorlikni pasaytirmadi. 38-daqiqada Fakundo Medinaning aniq uzatmasidan so‘ng, Messi avvalgi xatosini to‘g‘rilab, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Leo dublni rasmiylashtirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-22-21-50-31_encoded.mp4

Ushbu o‘yin jahon futboli tarixiga kirdi. Avstriyaga qarshi kiritilgan gol Lionel Messi uchun jahon chempionatlaridagi 18-gol bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Messi 1-turdagi o‘yinda xet-trik qayd etib, germaniyalik afsonaviy futbolchi Miroslav Kloze (16 ta gol) natijasiga tenglashib olgan edi. Endilikda Leo mundiallar tarixidagi yagona va mutlaq to‘purarga aylandi.

Foto: Telegram

Jahon chempionatining «J» guruhi hal qiluvchi 3-turi doirasida jamoalar 27-iyun kuni maydonga tushadi. Ushbu turda Argentina terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘ynasa, Avstriya futbolchilari Jazoir bilan kuch sinashadi.

Avvalroq Kursiv nashri Urugvay autsayderga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan boy bergani haqida xabar bergan edi.