
Digital Chat Station yangi smartfon tayyorlanayotgani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, hozircha nomi oshkor qilinmagan Xitoy ishlab chiqaruvchisi qurilmani 2026-yil iyul oyida taqdim etishi mumkin.
Smartfonning asosiy jihati 9000 mA/soat atrofidagi katta sig‘imli akkumulyator bo‘ladi.
Qurilma 1,5K aniqlikdagi tekis ekran, stereo karnaylar, suvdan to‘liq himoya va yiqilish hamda zarbalarga yuqori chidamlilik bilan jihozlanishi kutilmoqda.
Smartfon Snapdragon 6 seriyasidagi energiya tejamkor chip asosida ishlaydi. Bu qurilmaning uzoq vaqt quvvatda ishlashiga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iQOO 10 000 mA/soat batareyali smartfon tayyorlayotgani xabar qilingandi. Ma’lumotga ko‘ra, qurilma yuqori unumdorlikka ega model bo‘ladi. iQOO avval ham katta batareyali smartfonlar ustida ishlagan. Masalan, iQOO Z11 modeli 9020 mA/soat, iQOO Neo11 7500 mA/soat, iQOO 15T esa 8000 mA/soat batareyaga ega.