
O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki besh oyida zargarlik buyumlari eksporti o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning 90,3 foiziga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yanvar – may oylarida $444,4 minglik 3 477,2 kilogramm tayyor zargarlik buyumlari eksport qilingan. Taqqoslash uchun, 2025-yil davomida $492,2 minglik 5,7 tonna zargarlik mahsulotlari xorijga yetkazib berilgan edi. Shu tariqa joriy yilning besh oyidayoq o‘tgan yilgi eksport hajmining qariyb barchasiga erishildi.
Simay do‘koni faoliyat boshladi
Zargarlik sanoatidagi o‘sish fonida 21-iyun kuni Toshkentdagi Chorsu Gold Center savdo majmuasida Simay zamonaviy zargarlik do‘konining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.



Tadbir davomida yangi kolleksiyalar namoyish etilib, mahalliy zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, milliy brendlarni rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yangi loyihalarning yuzaga kelishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda 20 mln dollarlik zargarlik zavodi qurishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.