Yangiliklar

Bekobod va Qorao‘zakda kuchli dorilar savdosi fosh etildi

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Bekobod va Qorao‘zakda kuchli dorilar savdosi fosh etildi
Foto: Departament

Bekobod shahri va Qorao‘zak tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Bekobod shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning «Nurli yo‘l» MFY hududidagi xonadonida umumiy qiymati 181 mln so‘mlik 3 873 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlanayotgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro ushbu dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelgan. Dorilar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Qayd etilishicha, ushbu shaxs avval ham Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan sudlangan.

Shuningdek, Qorao‘zak tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan yana bir fuqaro ushlangan. U 120 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini boshqa bir fuqaroga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatda ham dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Ma’lum qilinishicha, ushlangan shaxs avval ham Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan sudlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Janubiy Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha firibgarliklar aniqlangani haqida yozgan edi.