
Energetika vaziriga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezident qaroriga muvofiq Mamadaminov Umid Mahmudovich Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mamadaminov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Energetika vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Shuningdek, prezident qarori bilan Egamberdiyev Umarjon Usmonaliyevich Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasining yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Andijon viloyatlarida yangi tayinlovlar amalga oshirilgani haqida xabar bergan edik.