
26-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
19-iyun kuni 33,51 so‘mga oshib, 12 085,56 so‘m, 22-iyun kuni 27,11 so‘mga tushib, 12 058,45 so‘m, 23-iyun kuni esa 68,19 so‘mga tushib, 11 990,26 so‘m bo‘ldi. 24-iyun kuni 26,78 so‘mga oshib, 12 017,04 so‘mni, 25-iyun kuni esa 7,36 so‘mga oshib, 12 024,40 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 6,88 so‘mga oshib, 13 649,76 so‘mni, rubl esa 0,46 so‘mga tushib, 169,95 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.