Yangiliklar

Kafolat va Plum Technologies aksiyalari birjada savdoga qaytarildi

25-iyundan
Kafolat va Plum Technologies aksiyalari birjada savdoga chiqariladi
Foto: Kafolat.uz

«Kafolat» sug‘urta kompaniyasi hamda Plum Technologies aksiyalari Toshkent fond birjasining kotirovka ro‘yxatiga qaytarildi. Qimmatli qog‘ozlar 2026-yil 25-iyundan savdolar uchun ochiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Kafolat» sug‘urta kompaniyasining oddiy va imtiyozli aksiyalari birjada KFSK hamda KFSKP tikkerlari ostida savdo qilinadi. Ularning qimmatli qog‘oz kodlari mos ravishda UZ7001100005 va UZ700110K018 etib belgilangan.

Shuningdek, Plum Technologies kompaniyasining oddiy aksiyalari ham kotirovka ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu aksiyalar PLTG tikkeri ostida savdo qilinadi. Qimmatli qog‘oz kodi — UZ7058490010.

«Kafolat» sug‘urta kompaniyasi

«Kafolat» aksiyalari fond birjasiga ikki yillik tanaffusdan so‘ng qaytmoqda. 2024-yil aprelida kompaniya aksiyalari aksiyadorlar arizasiga ko‘ra Toshkent fond birjasi kotirovka ro‘yxatidan chiqarilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda «Kafolat» sug‘urta kompaniyasining qariyb 100% aksiyalari Plum Technologies kompaniyasiga tegishli.

Plum Technologies 2017-yilda tashkil etilgan. Kompaniya ma’lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash xizmatlari bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekko‘mir» aksiyalari haftada 76 foizga qimmatlashgani qayd etilgandi.