

Tramp ma’muriyati migrantlarga boshpana bermaslik huquqini oldi
AQSh Oliy sudi Tramp ma’muriyatiga Meksika bilan chegarada boshpana so‘ramoqchi bo‘lgan migrantlarni AQSh hududiga kiritmasdan turib qaytarishga ruxsat berdi.

Venesueladagi zilzilalar qurbonlari soni 235 nafarga yetdi
Venesuelada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 235 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Karlos Alvarado davlat telekanali orqali ma’lum qildi.

Air India uchuvchisi havo hududi buzilgani uchun chetlatildi
Air India aviakompaniyasi uchuvchisi Dehlidan Amritsarga yo‘l olgan samolyot qisqa muddatga Pokiston havo hududiga kirib ketganidan so‘ng parvozlardan chetlatildi.

Bog‘cha tarbiyachilari uchun dual bakalavriat yo‘lga qo‘yiladi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar uchun dual bakalavriat tizimi joriy etiladi. Bu haqda hukumat qarorida keltirib o‘tildi.

Redtag va FLO O‘zbekiston bozorini tark etmoqda
O‘zbekistonda Redtag kiyim do‘konlari tarmog‘i hamda FLO poyabzal do‘konlari faoliyatini yakunlamoqda. Har ikki tarmoqda ham qolgan mahsulotlarni sotib tugatish bo‘yicha yirik chegirmalar e’lon qilingan.

Xivada Xitoy universiteti filiali ochilishi rejalashtirilmoqda
Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Toshkentda 5 yoshli qizaloq hojatxonaga tushib ketdi
Toshkent shahrida ehtiyotsizlik oqibatida hojatxonaga tushib ketgan 5 yoshli qizaloq FVV qutqaruvchilari tomonidan qutqarildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kongoda Ebola virusidan vafot etganlar soni 304 nafarga yetdi
Kongo Demokratik Respubliksida Ebola virusi yuqtirgani tasdiqlanganlar soni 1155 nafarga yetgan. Ulardan 304 nafari vafot etgan, deya xabar bermoqda Reuters.

Apple iPad va MacBook narxlarini ko‘tardi: qaysi qurilma qanchaga oshdi
Apple xotira va saqlash chiplari narxining keskin qimmatlashuvi fonida iPad va MacBook qurilmalari narxlarini oshirishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.