Sport

Turkiya guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallab, pley-off bilan xayrlashdi: AQSh bilan o‘yinda beshta gol urildi

Turkiya guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallab, pley-off bilan xayrlashdi: AQSH bilan o‘yinda 4 ta gol urildi
Foto: Getty Images

Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Turkiya va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob 3:2 bo‘ldi. O‘yin Los-Anjelesdagi SoFi Stadium’da bo‘lib o‘tdi.

AQSh terma jamoasi uchrashuvni juda faol boshladi. 3-daqiqada Sebastyan Berhalter uzatgan burchak zarbasidan so‘ng Oston Trusti orqa ustun yaqinida to‘pni qabul qilib, darvozani ishg‘ol etdi va amerikaliklarni oldinga olib chiqdi.

Biroq Turkiya tezda javob qaytardi. 11-daqiqada Arda Gyuler jarima maydonida qulay vaziyatdan foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Bu gol orqali Gyuler Turkiya terma jamoasi tarixida erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu natijaga 21 yosh 120 kunligida erishdi.

Foto: Getty Images

31-daqiqada Turkiya ikkinchi golni ham urdi. Arda Gyuler boshlab bergan hujumda to‘p chap qanotga yetkazildi, keyin esa Orkun Ko‘kchu aniq zarba bilan hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim Turkiya foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim

Tanaffusdan keyin AQSh o‘yinga yaxshiroq qaytdi. 49-daqiqada Turkiya himoyachilari jarima maydonidan to‘pni uzoqlashtira olmadi va Sebastyan Berhalter kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Foto: Getty Images

The Athletic sharhlovchilariga ko‘ra, Berhalter golni nishonlashga ortiqcha vaqt sarflamagan. U to‘pni olib, tezda markazga qaytgan va jamoasi o‘yinni yutishga intilayotganini ko‘rsatgan.

O‘yin davomida hisob 2:2 bo‘lib turgan bir vaqtda, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Turkiya hal qiluvchi golni urdi. 90+8-daqiqada Kaan Ayxan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

AQSh terma jamoasi avvalroq «D» guruhida birinchi o‘rinni kafolatlagan. Maurisio Pochettino jamoasi pley-offning 1/32 finalida Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushadi.

«D» guruhidagi holat

Foto: fifa.com

Ikkinchi o‘rinni Avstraliya egalladi. Jamoa 3 ta uchrashuvda 4 ochko to‘pladi va to‘plar nisbatidagi ustunlik hisobiga Paragvaydan yuqoriroq joylashdi. Paragvay ham 4 ochko jamg‘ardi, biroq to‘plar farqi yomonroq bo‘lgani uchun uchinchi pog‘onada qoldi.

Turkiya esa guruh bosqichini 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunladi. Turkiyaliklar 3 ta o‘yinda 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etib, Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Avvalroq «Kursiv» Yaponiya Shvetsiya bilan durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.