
Yandex Ads Telegram’dagi reklama kampaniyalarini boshqarish, brend xabardorligini oshirish va biznes ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun yangi vositalarni ishga tushirdi. Endi kompaniyalar messenjerdan saytga foydalanuvchilarni jalb qilish, murojaatlar va sotuvlarni ko‘paytirish uchun sun’iy intellekt asosidagi yangi optimallashtirish strategiyalaridan foydalanishlari mumkin.
Buning uchun Direktda maqsadni: kliklar yoki konversiyalarni tanlash kifoya. Tizim belgilangan byudjet doirasida havola bo‘yicha maksimal o‘tishlar yoki saytdagi maqsadli harakatlarni ta’minlash uchun reklama postlarini mos foydalanuvchilarga namoyish etadi.
«Maksimal konversiyalar» strategiyasida kerakli maqsadlarni tanlash va ularning qiymatini belgilash mumkin. Masalan, «savatga qo‘shish», «bir bosishda xarid qilish» maqsadini tanlash yoki oflayn do‘konlardagi xaridlarni ham hisobga olish mumkin. Algoritmlar reklamani aynan kerakli harakatni amalga oshirish ehtimoli yuqori bo‘lgan obunachilarga ega Telegram-kanallarda ko‘rsatadi.
Telegram’dagi reklama postlari orqali saytga o‘tishlar sonini oshirishga «Maksimal bosishlar» strategiyasi yordam beradi. Unda nafaqat reklama byudjetini boshqarish, balki zarurat tug‘ilganda o‘rtacha bosish narxini ham belgilash mumkin. Shu tariqa algoritmlar reklama beruvchi belgilagan narx doirasida saytga imkon qadar ko‘proq foydalanuvchini jalb qilishga intiladi.
Direktdagi yangi vositalar Telegram-kanallarda reklama postlarini joylashtirishni ham soddalashtiradi. Ular imkon qadar ko‘proq foydalanuvchini qamrab olish va brend xabardorligini oshirishga qaratilgan. Kampaniya sozlanayotganda algoritmlar reklama beruvchi tanlagan variantlarga o‘xshash mavzu va auditoriyaga ega Telegram-kanallarni avtomatik tavsiya qiladi. Bu mos auditoriya qamrovini kengaytirish va muvaffaqiyatli reklama strategiyalarini kengaytirishga yordam beradi. Shuningdek, platforma biznes saytiga tashrif buyurgan foydalanuvchilarga o‘xshash auditoriyaga ega kanallarni ham tavsiya qiladi.
«Telegram O‘zbekistonda nafaqat muloqot, balki biznesning foydalanuvchilar bilan ishlashi uchun ham eng muhim platformalardan biridir. Yandex Neuro Ads neyrotexnologiyalari messenjerdagi reklama kampaniyalarini avtomatlashtirib, brend xabardorligini oshirish, saytga foydalanuvchilarni jalb qilish hamda onlayn va oflayn sotuvlarni ko‘paytirishga yordam beradi. Shu tariqa Direkt marketing va PR jamoalari ishini soddalashtiradi, shuningdek messenjerdagi reklamaning samaradorligi va shaffofligini oshiradi,» — deb ta’kidladi Yandex Ads Uzbekistan direktori Mansur Usmanov.