Sport

Yaponiya Shvetsiya bilan durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Yaponiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Murosasiz va kurashlarga boy kechgan bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Foto: Alex Slitz / Getty Images

O‘yinning 56-daqiqasida Ritsu Doanning uzatmasidan so‘ng, Daidzen Maeda hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq shvetsiyaliklar bu golga tezda javob qaytarishdi: 62-daqiqada Entoni Elanga Viktor Gyekereshning uzatmasini golga aylantirib, muvozanatni tikladi.

Foto: FIFA.com

Ushbu natija Yaponiya uchun ijobiy yakunlandi. Guruhda ikkinchi o‘rinni band etgan Yaponiya terma jamoasi turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Kursiv nashri Nikolya Pepening dubli Kot-d’Ivuarga g‘alaba keltirgani haqida xabar bergan edi.