Sport

Dembelening xet-triki Fransiyaga Norvegiya ustidan g‘alaba taqdim etdi

Usmon Dembele birinchi bo‘limdayoq uchta gol urib, uchrashuv qahramoniga aylandi
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Fransiya va Norvegiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda fransuzlar 4:1 hisobida g‘alabaga erishib, guruhni yuz foizlik natija bilan yakunladi.

Foto: FIFA.com

Uchrashuvning birinchi taymi to‘lig‘icha Usmon Dembelening benefisiga aylanib ketdi. Dastlabki ikkita gol 7 va 20-daqiqalarda jamoa yetakchisi Kilian Mbappening aniq uzatmalaridan so‘ng kiritildi. Oradan ko‘p o‘tmay, 32-daqiqada Dembele Orelen Tchuamenining pasini ham golga aylantirib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/norway_0-1_france_ousmane_dembele-2070584976232378368.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/fantastic_finish_by_ousmane_dembele_norway_0_2_france_207058825.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/3-ous.mp4

Norvegiyaliklar bunga faqatgina bitta gol bilan javob qaytara olishdi. 21-daqiqada Andreas Shelderupning uzatmasidan so‘ng Teo Asgaard farqni qisqartirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Dezere Due hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/replay-2026-06-26-22-24-02.mp4

Ushbu g‘alabadan so‘ng Fransiya terma jamoasi «I» guruhida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni egalladi. «Vikinglar» esa 6 ochko jamg‘argan holda guruhda ikkinchi o‘rinni band etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Avvalroq Kursiv nashri Niderlandiya Tunisni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edi.