Yangiliklar

Toshkentda ekologiyaga bag‘ishlangan haykallar yaratildi — video

“Toshkent–2026” V Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida
Toshkentda ekologiyaga bag‘ishlangan haykallar yaratildi — video
Ekran tasviri videodan

Toshkent metallurgiya zavodida «Toshkent–2026» V Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi yakunlandi. Unda O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan kelgan haykaltaroshlar atrof-muhitni asrash mavzusida asarlar yaratdi, deya xabar berdi Ekologiya qo‘mitasi.

Simpoziumda Xitoy, Fransiya, Italiya, Turkiya, Gruziya va O‘zbekistondan jami 18 nafar haykaltarosh ishtirok etdi.

Asarlar ekologik muammolarga bag‘ishlandi

Haykaltaroshlar 24 kun davomida «Tosh, metal va atrof-muhit» mavzusida ijod qildi.

Yaratilgan asarlarda tabiiy resurslarni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish va ekologik muammolarning salbiy oqibatlari kabi g‘oyalar aks ettirildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/img_3759.mp4
Video: Ekologiya qo‘mitasi

Marmar va metall ishlatildi

Loyihada Samarqand viloyatidagi Zarband karyeri marmaridan foydalanildi. Shuningdek, ilk bor Toshkent metallurgiya zavodi tomonidan taqdim etilgan metall ham ijodiy jarayonga jalb qilindi.

Bu haykaltaroshlarga an’anaviy va zamonaviy materiallarni uyg‘unlashtirgan holda yangi shakldagi asarlar yaratish imkonini berdi.

Simpozium yakunida ekologik muammolarni o‘ziga xos uslubda aks ettirgan haykaltaroshlar taqdirlandi.

«Toshkent–2026» V Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi yangi ijodiy uchrashuvlar va xalqaro loyihalar uchun muhim qadam sifatida baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eski avtomobillar uchun ekoyig‘im joriy etilishi mumkinligi xabar qilingandi.