Sport

Bellingem va Keynning gollari inglizlarga uchinchi turda g‘alaba keltirdi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Panama va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv inglizlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qarama-qarshiliklarga boy o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi va asosiy voqealar ikkinchi taymga to‘g‘ri keldi. Dastlab, 62-daqiqada Bukayo Sakaning uzatmasidan so‘ng Jud Bellingem uchrashuvda hisobni ochdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/jud.mp4

Oradan bor-yo‘g‘i besh daqiqa o‘tib, Bellingemning o‘zi jamoa sardori Harri Keynga ajoyib to‘p uzatdi. Hujumchi esa bu vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi va o‘yin taqdirini hal qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video_2026-06-28_03-41-52.mp4

Uchrashuv davomida bosh hakam ikki marta sariq kartochkadan foydalanishga majbur bo‘ldi. 53-daqiqada panamalik Xose Faxardo qoida buzgani uchun ogohlantirilgan bo‘lsa, 60-daqiqada inglizlar safida Jarell Kuansa ham xuddi shunday jazoga tortildi.

Foto: FIFA.com

Qayd etilgan ushbu yakuniy natijadan so‘ng, Angliya terma jamoasi jami 7 ochko jamg‘argan holda «L» guruhida birinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq Kursiv nashri Kabo-Verdedan sensatsiya. Afrikaliklar keyingi bosqichga yo‘llanma olgani haqida xabar bergan edi.