Yangiliklar

Dubayda jarimaga tortilgan o‘zbekistonliklar jarimasiz vatanga qaytdi

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi jarimani bekor qilishga yordam berdi
Dubayda jarimaga tortilgan o‘zbekistonliklar jarimasiz vatanga qaytdi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston diplomatlari BAAda vizasi muddati tugagani sabab jarimaga tortilgan o‘zbekistonlik fuqaro va uning farzandining vatanga qaytishiga ko‘maklashdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonfuqarosi va uning farzandi 2025-yilda mavsumiy ish maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan. Moliyaviy qiyinchiliklar sababli ular 2026-yil yanvar oyining boshida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Biroq aviareyslarning kechikishi hamda Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat tufayli mamlakatni o‘z vaqtida tark eta olmagan.

Natijada fuqarolarning vizasiz bo‘lish muddati yakunlangan va ular jarimaga tortilgan. Shundan so‘ng O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi Dubay immigratsiya xizmati bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar yakunida fuqarolarga mamlakatni jarima to‘lamasdan tark etishga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan BAAdagi «Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish» jamg‘armasi homiyligida ushbu oila a’zolari uchun 26-iyun kuni «Dubay–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariyada qiyin vaziyatda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarilgani haqida yozgan edik.