
«Andijon polkasi» Ginnes rekordiga kirdi
Andijon viloyati 20 ming nafar ishtirokchini birlashtirgan ulkan «Andijon polkasi» ommaviy raqs namoyishiga mezbonlik qildi. Ushbu rekord Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.

O‘zbekiston uchinchi o‘yinda ham yutqazib Jahon chempionatini tark etdi
Shimoliy Amerika mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining «K» guruhining 3-turida O‘zbekiston va Kongo DR terma jamoalari kuch sinashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston hisobni ochgan bo‘lsa-da, afrikaliklar yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Redtag va FLO O‘zbekiston bozorini tark etmoqda
O‘zbekistonda Redtag kiyim do‘konlari tarmog‘i hamda FLO poyabzal do‘konlari faoliyatini yakunlamoqda. Har ikki tarmoqda ham qolgan mahsulotlarni sotib tugatish bo‘yicha yirik chegirmalar e’lon qilingan.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi esdalik nishoni ta’sis etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmon imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda birinchi «sport» bekati tashkil etildi
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan avtobus bekati hududida qisqa muddatli jismoniy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan vorkaut maydonchasi o‘rnatildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Farg‘onaning chegaradagi qishloqlari Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi
Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida davlat chegaralarini aniq belgilash jarayoni doirasida ikki mamlakat hududlar almashinuvi bo‘yicha muhim kelishuvni amalga oshirdi. Bu haqda 24kg nashri xabar berdi.

Avtomobillar uchun haydovchilar soni cheklanmagan sug‘urta joriy etiladi
O‘zbekistonda transport vositalarini haydovchilar soni cheklanmagan holda majburiy sug‘urtalash imkoniyatini nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekiston Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliya bilan kuch sinashdi va 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Сhiroq o‘chishini ko‘rsatuvchi svetanet.uz sayti ishga tushirildi
O‘zbekistonda chiroq o‘chishini real vaqt rejimida qayd etib boruvchi svetanet.uz servisi ishga tushirildi. Bu haqda Humo to‘lov tizimining sobiq rahbari Shuhratbek Qurbonov ma’lum qildi.

«Navbahor» FC boshqaruvi «Ayaks» futbol akademiyasiga uch yilga berildi
«Navbahor» boshqaruvi «Ayaks» futbol akademiyasiga uch yilga berildi. Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida «Navbahor» futbol akademiyasiga bordi.

Lola Karimova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini ma’lum qildi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Temur Tillayev bilan rasman ajrashganini ma’lum qildi. Bu haqda u Instagram sahifasida xabar berdi.

Argentinada Lionel Messining 26 metrlik haykali o‘rnatildi
Argentina hududida futbol yulduzi Lionel Messi sharafiga dunyodagi eng baland haykal o‘rnatildi. Uning balandligi 26 metrni tashkil etadi, og‘irligi esa 70 tonnadan oshadi.