Lifestyle

O‘zbekistonlik hakamlar Jazoir va Avstriya o‘rtasidagi gollarga boy uchrashuvni boshqardi

Bosh hakamga qanotda Andrey Tsapenko va Timur G‘aynullin yordam berdi
O‘zbekistonlik hakamlar Jazoir va Avstriya o‘rtasidagi gollarga boy uchrashuvni boshqardi / Foto:

Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Jazoir va Avstriya terma jamoalari 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Kanzas-Sitida bo‘lib o‘tgan uchrashuvga bosh hakam sifatida o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshchilik qildi. Hal qiluvchi gol uchrashuvning 90+6-daqiqasida urildi.

Jamoalar o‘zaro gol almashdi

Hisob 28-daqiqada ochildi. Avstriya hujumchisi Marko Arnautovich David Alabaning uzatmasidan so‘ng gol urdi. Biroq birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Rafik Belgali hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Marsel Zabitser Avstriyani yana oldinga olib chiqdi. Jazoir esa tez orada javob qaytardi — Riyod Mahrez Hussem Auarning uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

90-daqiqadan keyingi drama

Uzoq vaqt davomida jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi va uchrashuv durang bilan yakunlanadigandek tuyuldi. Biroq asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda yana ikkita gol urildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video-1.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video-2.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video-3.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video-4.mp4

90+3-daqiqada Mahrez Auarning uzatmasidan so‘ng dubl qayd etib, Jazoirni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo Avstriya so‘nggi hujumida javob berdi. 90+6-daqiqada Sasha Kaladjich darvozabonni aldab o‘tib, yakuniy hisobni 3:3 ko‘rinishida qayd etdi.

Uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar boshqardi

Bahsni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqardi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev bo‘lgan bo‘lsa, unga qanot hakamlari Andrey Tsapenko va Timur G‘aynullin yordam berdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video-5-1.mp4

Avstriya pley-offga chiqdi, Jazoir esa kutmoqda

Durangga qaramay, Jazoir keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Jamoa guruh bosqichini 4 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi va endi boshqa guruhlardagi uchinchi o‘rin egalari natijalariga bog‘liq holda taqdirini kutadi.

Avstriya ham 4 ochko jamg‘ardi, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Jazoirni ortda qoldirib, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Guruh g‘olibi esa Argentina bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston uchinchi o‘yinda ham yutqazib Jahon chempionatini tark etgani haqida yozgan edik.