
1-iyun holatiga ko‘ra, may oyida banklardagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy miqdori 23,6 trln so‘mga oshgan. Bu ko‘rsatkich aprel oyi bilan solishtirilganda 7,7 foizga foizga, ya’ni qariyb 1,7 trln so‘mga yuqorilagan.
Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklarining jami kredit portfeli may oyida 636 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aprel oyi bilan solishtirilganda 1,1 foizga foizga, ya’ni qariyb 7 mlrd so‘mga yuqorilagan.
Jami kreditlardagi NPL ulushi 3,7 foizga oshdi. Aprel oyida bu ko‘rsatkich 3,5 foizni tashkil qilgan.
Davlat banklarida
Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Yil boshidan buyon ushbu banklarda NPL hajmi 15 trillion so‘mdan 16,7 trillion so‘mga yetgan.
Shu bilan birga, davlat banklarida muammoli kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi 3,6 foizdan 4 foizga oshgan.
| Bank | Muammoli kreditlar (NPL) | NPL ulushi |
|---|---|---|
| «Milliybank» | 3,54 trln so‘m | 3,3% |
| «Agrobank» | 3,15 trln so‘m | 3,5% |
| «O‘zsanoatqurilishbank» | 2,14 trln so‘m | 3,5% |
| «Asaka bank» | 1,95 trln so‘m | 4,9% |
| «Mikrokreditbank» | 1,78 trln so‘m | 7,9% |
| Xalq banki | 1,76 trln so‘m | 4,7% |
| Biznesni rivojlantirish banki | 1,08 trln so‘m | 4,3% |
Xususiy banklarda
Xususiy va boshqa tijorat banklarida ham muammoli kreditlar hajmi o‘sishda davom etmoqda. May oyida NPL hajmi 6,9 trillion so‘mga yetdi.
Mazkur toifadagi banklarda muammoli kreditlar ulushi ham 3,2 foizda o‘zgarishsiz qolgan.
NPL ulushi eng yuqori bo‘lgan banklar
| O‘rin | Bank | NPL ulushi | Muammoli kreditlar |
|---|---|---|---|
| 1 | «Garant bank» | 13,9% | 220,3 mlrd so‘m |
| 2 | «TBC Bank» | 10,4% | 885 mlrd so‘m |
| 3 | «Poytaxt bank» | 9,9% | 36,6 mlrd so‘m |
| 4 | «Mikrokreditbank» | 7,9% | 1,78 trln so‘m |
| 5 | «Anor bank» | 7,7% | 895,8 mlrd so‘m |
| 6 | «AVO bank» | 6,6% | 84,7 mlrd so‘m |
| 7 | «Ziraat Bank Uzbekistan» | 6,1% | 147 mlrd so‘m |
Eslatma: Muammoli kredit (NPL) – to‘lov muddati 90 kundan ortiq kechiktirilgan yoki qaytarilishi xavf ostida bo‘lgan kredit hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklarda avtokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaygani haqida yozgandi.