Yangiliklar

Urganchda qurilish vaqtida fuqaroni tuproq bosib qoldi — video

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi
Urganchda qurilish vaqtida fuqaroni tuproq bosib qoldi / Foto: FVV

Xorazm viloyatida qurilish ishlari vaqtida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida tuproq ostida qolgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xorazm viloyati FVBga ko‘ra, 28-iyun kuni soat 12:10 da Urganch shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida bir nafar fuqaroni tuproq bosib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/fvv.mp4
Video: FVV

Xabardan so‘ng FVB qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni tuproq ostidan sog‘-salomat chiqarib oldi. Unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifokorlarga topshirildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 5 yoshli qizaloq hojatxonaga tushib ketgani haqida yozgan edik.