Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar muhokama qilingan
Saida Mirziyoyeva Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Mirziyoyeva muloqot mazmunli o‘tganini ta’kidlab, Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini bildirdi. Uning qayd etishicha, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeyini saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatida ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» nashri Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rahbari bilan uchrashgani haqida yozgan edi.