Ko’chmas mulk

Toshkentdagi eng arzon va eng qimmat kvartira narxlari e’lon qilindi

Kvartiralarning 1 kvadrat metri 7 mln so‘mdan 57 mln so‘mgacha
Foto: Unsplash

Iyun oyida Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda joylashgan xonadonlar bo‘yicha e’lon qilingan taklif narxlari tahlil etildi. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, kvartiralarning 1 kvadrat metri 7 mln so‘mdan 57 mln so‘mgacha baholangan.

Eng qimmat narx Shayxontohurda qayd etildi

Markaz tahliliga ko‘ra, iyun oyida eng qimmat taklif narxi Shayxontohur tumanida kuzatilgan.

Bu tumanda 2 xonali xonadonlarning eng yuqori narxi 57 mln so‘m/m²gacha yetgan. Shuningdek, 1 xonali xonadonlar bo‘yicha eng qimmat narx ham Shayxontohurda qayd etilib, 50 mln so‘m/m²ni tashkil qilgan.

Jadval: Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi

Eng arzon narx Sergelida

Tahlilga ko‘ra, eng arzon taklif narxi Sergeli tumanida qayd etilgan. Bu hududda 2 xonali xonadonlarning eng past narxi 7 mln so‘m/m² bo‘lgan.

3 xonali xonadonlar bo‘yicha eng arzon takliflar Yangihayot, Yashnobod va Sergeli tumanlarida kuzatilgan. Bu hududlarda narx 8 mln so‘m/m²dan boshlangan.

1 xonali xonadonlar narxi

1 xonali xonadonlar bo‘yicha eng arzon narx Bektemir tumanida qayd etilgan – 9 mln so‘m/m².

Eng qimmat 1 xonali xonadonlar esa Shayxontohur tumanida bo‘lib, narx 50 mln so‘m/m²gacha yetgan.

2 xonali xonadonlar narxi

2 xonali xonadonlarda eng arzon taklif Sergeli tumanida kuzatilgan – 7 mln so‘m/m².

Eng qimmat taklif esa Shayxontohur tumanida qayd etilgan. Bu yerda 2 xonali xonadon narxi 57 mln so‘m/m²gacha chiqqan.

3 va 4 xonali xonadonlar

3 xonali xonadonlar bo‘yicha eng arzon narx Yangihayot, Yashnobod va Sergeli tumanlarida 8 mln so‘m/m²dan boshlangan.

Eng qimmat 3 xonali xonadonlar Shayxontohur tumanida 42 mln so‘m/m²gacha baholangan.

4 xonali xonadonlarda esa eng arzon narx Bektemir va Yangihayot tumanlarida 8 mln so‘m/m² bo‘lgan. Eng qimmat taklif Shayxontohurda qayd etilib, 42 mln so‘m/m²ni tashkil qilgan.

Tahlil e’lon narxlari asosida tayyorlangan

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tahlil elektron savdo platformalarida iyun oyida e’lon qilingan taklif narxlari asosida tayyorlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘chmas mulk narxini baholash tartibi haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektlari bir nechta guruhlarga ajratiladi. Bular ko‘p kvartirali uylardagi turarjoylar, yakka tartibdagi turarjoylar va noturar obyektlardan iborat bo‘ladi.